2021-yil 16-aprel kuni “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishi bo‘yicha 2021-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi yuzasidan “Buyuk tariximizning buyuk namoyandalari” shiori ostida Birinchi Reneseansning yirik namoyandalari Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Motrudiy singari ajdodlarimizning hayoti va faoliyati hamda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludi munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temur-buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida ma’naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

     Tadbirda departament direktorlari va mustaqil boshqarma boshliqlari, shuningdek, Respublika apparati, Markaziy amaliyot boshqarmasi xodimlaridan 137 nafari ishtirok etdi. 

        Tadbirda mehmon sifatida Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Mixitdinova Feruza Abdurashidovna taklif etildi.

Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori Sh.A.Ibragimova majlisni kirish so‘zi bilan ochib, bugungi tadbir “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishi bo‘yicha 2021-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi yuzasidan “Buyuk tariximizning buyuk namoyandalari” shiori ostida Birinchi Reneseansning yirik namoyandalari Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Motrudiy singari ajdodlarimizning hayoti va faoliyati haqida hamda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludi munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temur-buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzularida ekanligini aytib o‘tdi. So‘z navbati mehmon sifatida taklif etilgan Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Mixitdinova Feruza Abdurashidovnaga berildi. F.A.Mixitdinova o‘z ma’ruzasida avvalo “Turonbank” ATB xodimlari bilan uchrashib turganidan va mana shu uchrashuvni tashkil qilgan bank rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Feruza Abdurashidovna Birinchi Reneseansning yirik namoyandalari Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Motrudiy singari ajdodlarimizning hayoti va faoliyati haqida haqida so‘z ochar ekan, ularning hayoti davomida yozgan yuzga yaqin asarlari bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsada, o‘z dolzarbligini hamon yo‘qotmaganligi, o‘quvchilar orasida sevib o‘qib kelinishi, olimlar tomonidan hamon o‘rganishda ekanligi haqida gapirib o‘tdi. Ushbu buyuk olimlar “Sharqdan nur” bo‘lib, butun dunyo ilm-ma’rifatini yoritganini, dunyo olimlari, jumladan Yevropa olimlari, islomshunos olimlar ularning asarlarini o‘zlariga dastur sifatida qabul qilib, foydalanib kelayotganliklari haqida gapirdi.

Shundan so‘ng, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida juda qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi. Uning harbiy yurishlari, urush vaqtida qo‘llagan taktikasi, oilasi, farzandlari, Chingiziylar bilan munosabati hamda “Temur tuzuklari” haqida gapirib, asardan misol tariqasida parchalar aytib berdi. Ushbu asar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan bo‘lib, bu esa asarning qimmatini belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Asar har bir inson egallashi lozim bo‘lgan go‘zal hulq, yuksak ma’naviyat mezonlari haqida atroflicha ma’lumot beradi. Shu fazilatlar inson qalbini tug‘yon va isyondan saqlaydi, unga huzur va halovat baxsh etadi, hulqini go‘zal qiladi, bardoshini oshiradi. Irodasining baquvvat bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Bank xodimlari mehmonga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar.

Tadbir yakunida Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori taklif qilingan mehmonga qimmatli vaqtini ayamay bankimizga tashrif buyurgani uchun chuqur minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. F.A.Mixitdinova taklif uchun yana bir bora minnatdorchilik bildirib, barcha xodimlarining kelgusi ishlariga omad va zafarlar tiladi.