Zolotaya Korona – hisob ochmasdan tez pul o‘tkazmalari xizmati bo‘lib, u Rossiya, MDH davlatlari, Yevropa Ittifoqi va boshqa bir qator mamlakatlarda xizmat ko‘rsatadi. Siz har doim chet elga yoki mamlakat ichida pul jo‘natib, oilangiz va do‘stlaringizga moliyaviy yordam ko‘rsatishingiz mumkin, qanday masofada bo‘lishingizdan qat’i nazar.

Keng xizmat ko‘rsatish tarmog‘i: Yevropa va Osiyoning 50 ta davlatida 50 mingdan ortiq nuqta. Xizmat ishtirokchilari va hamkorlari 450 dan ortiq banklar, pochta operatorlari va yirik savdo tarmoqlaridir.

“Zolotaya Korona” xalqaro pul o‘tkazmasidan foydalanishning afzalliklari quyidagilar:

Pul o‘tkazmasini jo‘natgandan so‘ng bir necha daqiqada uni qabul qilish mumkin. Pul o‘tkazmasidan olinadigan komissiya miqdori 1%, o‘tkazma AQSh dollarida amalga oshiriladi.

Pul o‘tkazmasi jo‘natilayotgan mamlakat va shaharni ko‘rsatish kifoya, pul o‘tkazmasini qabul qiluvchi o‘ziga qulay bo‘lgan o‘tkazma punktidan pulni qabul qilib olish imkoniyatiga ega.

Pul jo‘natuvchining mobil nomeriga o‘tkazmaning holati to‘g‘risida SMS ma’lumot jo‘natilaldi. “Zolotaya Korona”dan jo‘natilgan pul o‘tkazmasining holatini “Zolotaya Korona” pul o‘tkazmasi saytining on-line tizimida kuzatib borish mumkin.

Shuningdek, "Zolotaya Korona" pul o‘tkazmalari tizimi orqali mablag‘larni onlayn qabul qilish ham mumkin.

Buning uchun yuboruvchi "Zolotaya Korona" pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi filialga tashrif buyurishi, tizimning rasmiy sayti va mobil ilovasidan foydalanishi kerak bo‘ladi.  Eng asosiysi, Turonbankda ochilgan "Mastercard" kartaning raqamini bilishi kerak.

Bundan tashqari Siz “Zolotaya Korona” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali Rossiyaga ham pul jo‘natishingiz mumkin.

Shartlari:

Turonbankning istalgan  pul o‘tkazmalari shahobchalaridan biriga kelasiz;

Qabul qiluvchining raqamini aytgan holda, AQSh dollarini yuborasiz;

Bir necha soniyalardan so‘ng pul kartaga kelib tushadi.

O‘tkazmalar faqat Rossiya Federatsiyasining tijorat bankida ochilgan Visa, Mastercard yoki MIR kartalari uchun mavjud.

Digital ID dasturiy ta’minoti, qurilmalari va Face ID orqali mijozlarni avtomatik indetifikatsiya qilish tizimi mavjud. Mazkur tizim orqali mijozlarga xisobraqam ochish va ularga xizmat ko‘rsatish 10-15 daqiqadan,  5-7 daqiqaga qisqartirildi. Mazkur tizim xozirda xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi va omonat amaliyotlarini bajarishda ishlatib kelinmoqda.

Тарифы

MDH mamlakatlari Belorus, Qozog'iston Qirg'iziston, Rossiya, Tojikiston va Gruziyaga

O'tkazma summasi (AQSh dollari)

To'lov

dan

gacha

0.01

2500

1%

2500

-

25$

Abxaziya, Ozarbayjon va Moldovaga

O'tkazma summasi (AQSh dollari)

To'lov

dan

gacha

0.01

-

1%

dan

gacha

0.01

5000

1% 40$ dan oshmaydi

Turkiyaga

O'tkazma summasi (AQSh dollari)

To'lov

dan

gacha

0.01

-

0.75%

Xitoyga

O'tkazma summasi (AQSh dollari)

To'lov

dan

gacha

0.01

5000

0.7%

5000

-

0.7%