Kredit haqida
Bank kafolati mijozlarning majburiyatlarini ta’minlash uchun, jumladan, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, loyiha ishlab chiqish uchun tender savdolarida qatnashish hamda qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa maqsadlar uchun taqdim qilinadi.
Bank kafolati nima?
Bank kafolati bu — bank (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning buyurtmasiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga beradigan yozma majburiyat.
№
|
Shartlari
|
Bank kafolatlari
|
1
|
Kafolat turlari
|
- Shartnoma shartlarini bajarish kafolati;
- Tender savdolarida qatnashish uchun kafolat;
- Bojxona to‘lovlarini kafolatlash maqsadida;
- Mijozning xorijiy kredit liniyalari oldidagi majburiyatini ta’minlash maqsadida;
- Avans (bo‘nak) to‘lovini amalga oshirish va boshqalar bo‘yicha kafolatlar;
|
2
|
Bank komissiya
|
- Tender va tanlov savdolarida qatnashish uchun ta’minot turi va kafolat summasidan kelib chiqqan holda 2,0 mln. so‘mdan kafolat summasining 2% miqdorigacha;
- Avans to‘lovlarini amalga oshirish, shartnoma shartlarini bajarish va boshqa kafolat hamda kafilliklar bo‘yicha ta’minot turi va kafolat summasidan kelib chiqqan holda 2,0 mln. so‘mdan kafolat summasining 3% miqdorigacha;
|
3
|
Kafolat muddati
|
Chaklanmagan
|
4
|
Miqdori
|
Чекланмаган (бир қарз олувчи ва бир бирига даҳлдор қарз олувчиларнинг жами банк олдидаги мажбурияти банкнинг биринчи даражали капиталининг 25% дан ошмаган миқдорда)
|
5
|
Kafolat xati valyutasi
|
Milliy va xorijiy valyutada
|
6
|
Shartlari
|
- Mijoz ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi kerak. (ya’ni avval ajratilib so‘ndirilgan yoki joriy kredit qarzdorligi bo‘yicha 60 kundan ortiq muddat o‘tgan qarzdorligi yuzaga kelgan holatlar mavjud bo‘lmasligi, sud jarayoniga o‘tkazilgan yoki hisobdan chiqarilgan (95413-hisobvaraqqa o‘tkazilgan) qarzdorliklari yuzaga kelgan holatlar bo‘lmasligi);
- Oxirgi moliyaviy hisobotlarining kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichi 3–sinfdan past bo‘lmasligi;
- O‘z mablag‘larining mavjudligi noldan past bo‘lmasligi yoki oxirgi hisobot davrini moliyaviy zarar bilan yakunlamagan bo‘lishi;
- Qarz oluvchining asosiy hisobraqamiga oxirgi 12 oy mobaynida (12 oydan kam ishlagan taqdirda – ishlagan davri uchun, biroq 6 oydan kam bo‘lmagan muddatda) “Turonbank” ATB tizimida xizmat ko‘rsatilib, faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lishi hamda muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo‘lmasligi lozim.
|
7
|
Ta'minot
|
- likvidli mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari garovi
- prinsipalning kafolat bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik xatarining sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi
|
Hajmi: 116.50 КБ
Format: doc