Нодирбек Муқимов.JPG

 Brifing: tadbirkorlar uchun ajratilayotgan kreditlar tahlili!

Joriy yilning 25 – aprel kuni “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi — matbuot kotibi Nodirbek Muqimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida navbatdagi brifingni o’tkazdi. Unda ayni vaqtda bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, eksportyor korxonalar, oilaviy biznes egalari, shuningdek, endigina startap loyihasini boshlayotgan ishbilarmonlarga ajratilayotgan “Biznesga birinchi qadam” kredit bo’yicha ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Davlatimiz rahbarining “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq yuridik shaxslarga “Mening biznesim” nomli kredit turini taklif etmoqda. Uning doirasida ishbilarmonlar 100 mln. soʼmdan 1,5 mlrd. soʼmgacha moliyaviy koʼmak olishlari mumkin. 

Xususan, kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʼjaliklari, oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat taʼlim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida oʼz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega boʼlgan yuridik shaxslarga Turonbank 100 million soʼmgacha garovsiz kredit ajratmoqda. U 24 oygacha boʼlgan imtiyozli davr bilan 84 oygacha rasmiylashtiriladi. 

Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlari “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki orqali 36 oygacha boʼlgan muddatga 150 million soʼmgacha garov talabi pasaytirilgan revolver kreditlarini olishlari mumkin. Аgarda ularning soʼnggi 12 oy mobaynidagi aylanma mablagʼlari miqdori 200 mln. soʼmdan oshib, kamida toʼrt nafar fuqaroni doimiy ish bilan taʼminlagan boʼlishsa bunda limit 500 million soʼmgacha koʼtariladi. 

Bundan ham qulayi Turonbank oxirgi 12 oy davomida aylanma mablagʼlari miqdori 500 mln. soʼmdan 10 mlrd. soʼmgacha boʼlgan va kamida besh nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan ishbilarmonlarga 24 oygacha boʼlgan muddatga imtiyozli davr berib, 84 oygacha 1 mlrd. soʼm kredit ajratadi. 

Qolaversa, 1,5 milliard soʼmgacha boʼlgan krediti turi ham mavjud. Buning uchun ular 24 oydan ortiq vaqt mobaynida faoliyat koʼrsatayotgan boʼlishlari, oxirgi 12 oyda aylanma mablagʼlari miqdori 1 mlrd soʼmdan 10 mlrd soʼmgacha yetishi va eng kamida oʼn nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan boʼlishlari kerak. 

Bu kreditlar sanoat, xizmatlar koʼrsatish, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, zargarlik, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash, ishlab chiqarish binolarini qurish kabi yoʼnalishlarda oʼz tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilayotgan yoki kengaytirayotgan tadbirkorlarga taqdim etiladi.

Qayd etish lozim, joriy yilning birinchi choragi yakunlari boʼyicha “Turonbank” aktsiyadorlik tijorat banki 150 nafardan ziyod mijozlarga qariyb 15 mlrd. soʼmlik shu turdagi kreditlarni rasmiylashtirdi. 

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, Turonbank bugungi kunda oʼzining ishonchli va faol hamkorlari boʼlgan “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki”, “Xalqaro qishloq xoʼjaligini rivojlantirish jamgʼarmasi”, “Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA” kabi xalqaro moliya institutlari orqali “Qishloq xoʼjaligini rivojlantirish”, “Meva – sabzavotchilik tarmogʼida qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratish”, “Choravachilikni va turizmni qoʼllab - quvvatlash” kabi yoʼnalishlar boʼyicha xorijiy kredit liniyalarini oʼzlashtirib, tadbirkorlarga ajratib kelmoqda. 

Bundan tashqari Turonbank yangi faoliyat boshlayotgan, loyihasini kengaytirish harakatida yurgan, aylanma mablagʼlarni toʼldirish istagida boʼlgan hamda asosiy vosita sotib olishni reja qilayotgan ishbilarmonlar uchun “Samarali biznes” kredit mahsulotini ham taqdim etmoqda. 

Uning afzalligi shundaki, endi ishbilarmonlar tashkil etgan yangi ish oʼrnlari soniga qarab past foiz stavkalarida kredit olishlari mumin boʼladi. Yaʼni: 

Kichik va oʼrta biznes mijozlari uchun: 

20 tadan kam boʼlmagan yangi ish oʼrni yaratsa:

Milliy valyutada – 2 foizgacha

Xorijiy valyutada – 1 foizgacha 

Yirik tadbirkorlar uchun: 

25 tadan kam boʼlmagan yangi ish oʼrni yaratsa:

Milliy valyutada – 4 foizgacha

Xorijiy valyutada – 2 foizgacha 

Kreditning maksimal miqdori:

Milliy valyutada – 10 mlrd. soʼm

Xorijiy valyutada – 1 mln. АQSh dollari 

Kredit muddati: 

Аylanma mablagʼlarni toʼldirish – 18 oygacha

Аsosiy vosita sotib olish – 36 oygacha 

Shuningdek, Turonbank mavjud bank tariflariga ham chegirma bermoqda. 

10 tadan 15 tagacha yangi ish oʼrni yaratilsa - 50% chegirma

15 tadan 25 tagacha yangi ish oʼrni yaratilsa - 100% chegirma 

Shu bilan birgalikda, Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Davlatimiz rahbarining “2024 yilda yangi ish oʼrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʼmaklashish dasturi toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Biznesga birinchi qadam” va “Biznesim maqsadim” nomli kreditlarni ham fuqarolarga taqdim etmoqda. Unga koʼra, 18 yoshga toʼlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy soliq toʼlab oʼzini oʼzi band qilganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma orqali 12 oygacha boʼlgan muddatga hech qanday boshlangʼich toʼlov va rasmiy daromadsiz 5 mln. soʼmgacha kredit olishlari mumkin. 

Mikroqarz olayotgan fuqaro kredit olish davrida joriy muddati oʼtgan qarzdorliklari, qarzdor tomonidan avval olgan va soʼndirilgan kreditlari boʼyicha muddati 60 kundan kechikkan holati boʼlmasligi lozim. Garov taʼminoti sifatida esa sugʼurta polisi va uchinchi shaxs kafilligi talab etiladi. 

Joriy yilning birinchi choragi yakunlari boʼyicha “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki 2 615 nafar mijozlarga 13 mlrd. 650 ming soʼmlik shu turdagi kreditni rasmiylashtirdi. 

Bundan tashqari, Turonbank oʼziga biriktirilgan mahalla fuqarolari yigʼinlarida istiqomat qilayotganlarga “Biznesim maqsadim” nomli kreditni ishlab chiqdi. Bunda soliq organlari orqali oʼzini oʼzi band qilgan fuqarolar hech qanday boshlangʼich toʼlovsiz 17 mln. soʼmgacha kredit olishlari mumkin boʼladi. Xususan, xizmat koʼrsatish sohasi va boshqa yoʼnalishlar uchun 36 oygacha boʼlgan muddatga 12 oylik imtiyozli davr bilan, baliqchilik, issiqxonachilik, bogʼdorchilik va choravachilik bilan shugʼullanish uchun 84 oygacha 36 oylik imtiyozli davr bilan ajratiladi. 

Oʼz tadbirkorligini yoʼlga qoʼyish istagida boʼlgan, tomorqasidan daromad olishni maqsad qilgan yoki biznesini yanada rivojlantirishni reja qilgan barcha yurtdoshlarimizni “Turonbank” aktsiyadorlik tijorat bankiga taklif etamiz. www.turonbank.uz rasmiy sayti yoki 1220 qisqa raqami orqali bank manzillari va boshqa qoʼshimcha maʼlumotlarni olishingiz mumkin. 

Biznesga birinchi qadamni Turonbank bilan tashlang! 

"Turonbank" ATB Axborot xizmati.