Xodimlarning ma’naviy boyligini oshirish maqsadida “Turonbank” ATBda doimiy tarzda Ma’naviyat soatlari tashkil etilib, madaniyat, san’at, tarix singari yo‘nalishlarda turli mavzular muhokamalar markazida bo‘ladi. Navbatdagi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan Markaziy amaliyot boshqarmasida tashkil etilib “Mustaqillik – buyuk ne’mat” mavzusiga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasida Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar, so‘nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar hamda O‘zbekistonning dunyo hamjamiyati orasida munosib o‘rin egallayotganligi va mamlakatimiz rivojlanishida bank xodimlarining o‘rni borasida ham so‘z yuritildi.

3.jpg
2.jpg
     Тадбирга Ўзбек Миллий академик драма театри актрисаси Муқаддас Холиқова ҳам таклиф этилди. Халқ ардоғидаги санъат устаси Мустақиллик йилларида санъатга бўлган эътибор, театр ҳамда кино соҳасида юз бераётган ўзгаришларни қайд этди. Умуман олганда Муқаддас Холиқованинг иштироки тадбирнинг барча иштирокчиларига аъло кайфият улашди. 

4.jpg
1.jpg