Turonbankning barcha ofislari quyosh panellari bilan to‘liq qoplandi!

1.jpg

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi olti yilda O‘zbekiston aholisi 12 foizga, sanoat korxonalari 2 barovarga ortib, 45 mingdan 100 mingtagacha ko‘paygan. Natijada, elektr energiyaga bo‘lgan talab 35 foizga oshib, har yiliga bu ko‘rsatkich 6 foizdan o‘sib bormoqda. Ayniqsa, kutilmagan iqlim o‘zgarishlari oqibatida havoning qishda juda sovuq, yozda esa anomal issiq bo‘lishi, respublika iqtisodiyoti va aholisi tomonidan elektr energiya va tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortishiga olib kelayapti.

DSC05631.jpg

Mazkur dolzarb masalaning ayni shu jihatlarini inobatga olgan holda Davlatimiz rahbari parlamentga murojaatnomalarida ham bir necha bora “yashil energiya”ga o‘tish ya’ni, muqobil energiya manbalarini jadallik bilan joriy etish vaqti kelganini ta’kidlagandilar. Bu esa birinchi navbatda, ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari, davlat idoralari va tadbirkorlik binolarining tom qismi, sanoat zonalari, avtoturargohlar va yirik suv inshootlari hududlarida quyosh panellarni o‘rnatish bilan bog‘liq edi.

3ав.jpg

Ushbu tashabbusdan kelib chiqqan holda “Turonbank” ATB ham Respublika miqyosida faoliyat olib borayotgan 20 ta bank xizmatlari markaziga quyosh panellarini o‘rnatdi. Umumiy hisobda barcha ma’muriy binolarga 545 vattlik 1738 dona quyosh panellari joylashtirilgan bo‘lib, ulardan yiliga 1 mln 827 ming 392 kilovatt soat qo‘shimcha elektr energiyasini olish rejalashtirilgan. Buning natijasida moliya muassasasining barcha bo‘linmalari orqali yillik sarf qilayotgan energiyaning qariyb 40 foizidan ortig‘i qoplanishi ko‘zda tutilmoqda.

папапа.jpg

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda 2022-yil 9-sentyabrdagi “Energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida amalga oshirilmoqda.

2.jpg

Shuningdek “Turonbank” ATB tadbirkorlik subyektlari va aholiga yana-da qulaylik yaratish maqsadida quyosh panellari va boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun qulay shartlarda “yashil” iste’mol krediti ya’ni “EcoPanel” mahsulotini ham ishlab chiqdi. Bundan tashqari, o‘z xonadoniga shu kabi panellarni o‘rnatish istagida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ham alohida takliflar mavjud.

3.jpg

Ahamiyatli jihati shundaki, Davlatimiz rahbarining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori natijasida o‘z xonadoniga quyosh paneli o‘rnatgan aholi ehtiyojidan ortig‘ini har bir kilovat uchun 1 ming so‘mdan sotishi mumkin bo‘ldi. Har oyda hisob-kitob qilingan mablag‘lar, xonadon egasining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. Qolaversa, quyosh panellarini o‘rnatgan fuqarolar yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinishlari ham ushbu huquqiy hujjatda keltirilgan.

4.jpg

Shu bilan birga Davlatimiz rahbarining mazkur qarori bilan tadbirkorlar uchun ham bir qancha qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, yuridik shaxslar umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘idan ozod etiladi. Bundan tashqari ular qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzoq muddatli shartnomalar asosida sotishlari ham mumkin bo‘ladi.

қвақвақвақвававав.jpg

Bir so‘z bilan aytganda davlatimiz tomonidan bu borada keng imkoniyatlar yaratilgan. Shundan unumli foydalanish esa o‘zingizga bog‘liq. Zero, elektr energiyasi bizga har kuni kerak. Bu har tomonlama o‘zini oqlaydi. “Yashil texnologiyalar”dan foydalanish orqali bir necha barobar ko‘proq quvvatlarni joriy etish va milliardlab mablag‘larni tejash mumkin.

аав.jpg