Turonbank mijozlari....

“Genotexnologiya” klinik laboratoriyasi:
“Genotexnologiya” klinik laboratoriyasi 2015 yilda faoliyat boshlagan boʼlib, Oʼzbekistonda birinchilardan amaliy tibbiyotda yuqori texnologiyali molekulyar genetik yondashuvlarni ishlab chiqib, joriy etgan brend hisoblanadi. Klinikada xromosoma, irsiy genetik va onkogematolik kasalliklar, trombofiliya bilan ogʼrigan bemorlarga tashxis qoʼyililadi. Shuningdek, keng koʼlamli molekulyar genetik, sitogenetik va klinik qon tekshiruvlari amalga oshiriladi.

Tibbiyot muassasasidagi barcha zamonaviy texnologiyalar Yevropaning koʼplab davlatlaridan keltirilgan boʼlib, asosan sunʼiy intellekt dasturida ishlaydi va shuning uchun ham tekshiruv natijalariga inson omili aralashmaydi. Bugungi kunda bu yerda umumiy hisobda 1500 dan ortiq tahlil turlari mavjud boʼlib, 100 nafarga yaqin malakali shifokorlar bu borada aholiga xizmat koʼrsatadi.

IMG_1935-scaled

DSCF5536-scaled

Qolaversa, klinika yuqori texnologiyali usullardagi operativ muolajalarni kengaytirish boʼyicha taraqqiy etgan mamlakatlardagi yetakchi shifoxonalar bilan ham oʼzaro tajriba almashish ishlari olib bormoqda. Xususan, Rossiya, АQSh, Germaniya, Isroil, Buyuk Britaniya, Hindiston singari davlatlarning yetakchi tibbiy-ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlanib, jahon tibbiyotining ilgʼor tajribalari chuqur oʼrganilmoqda. Kardiologiya, endokrinologiya, ginekologiya va boshqa yoʼnalishlarda yangicha operativ davolash amaliyotlarini joriy etilyapti.

2019 yilda ish boshlagan mazkur brendning asosiy hamkori “Turonbank” АTB hisoblanadi. Hozirga qadar korxonaga moliya muassasasi tomonidan umumiy hisobda 10 mlrd. 500 mln. soʼm miqdorida kreditlar ajratilgan. Bu mablagʼlar evaziga esa klinika oʼz moddiy – texnika bazasini yanada mustahkamlab, MDH va Yevropa mamlakatlaridan zamonaviy tibbiyot texnologiyalari hamda asbob – uskunalarini xarid qilgan.