Turonbank mijozlari...
“Moxsar” neft mahsulotlarini qayta ishlash zavodi!

Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi, biznes muhitining barqarorligi va ishbilarmonlik indeksining oshishi, Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasining eng muhim omillaridan biridir. Аlbatta, bu borada hududlardagi iqtisodiy faollik muhim ahamiyat kasb etadi. Mana masalan aholi soni boʼyicha eng katta viloyat hisoblangan Samarqandda, ayni vaqtda 6 mingdan ortiq sanoat korxonalari faoliyat olib borayotgan boʼlib, ularning soni yangi quvvatlar hisobiga sezilarli oshib bormoqda.

Snimok_2024_01_24_00_28_09_520

Xususan, viloyatning Jomboy tumanida, “Moxsar” brendi ostida ish boshlagan Oʼzbekiston – Koreya qoʼshma korxonasi soʼzimizga isbotdir. Loyiha tashabbuskorlari neft mahsulotlarini qayta ishlagan holda mahalliy bozorga raqobatbardosh va import oʼrnini bosuvchi yoqilgʼi ishlab chiqarishni reja qilishgan.

Snimok_2024_01_24_00_00_02_102

Аyni vaqtda mamlakatimizda faqatgina “Oltiariq”, “Fargʼona” hamda “Buxoro” da neftni qayta ishlash zavodlari faoliyat olib bormoqda. Аmmo Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mazkur yoʼnalishda oʼz biznesini yoʼlga qoʼyish istagida boʼlgan ishbilarmonlar uchun ham imkoniyat yaratilmoqda. Xusuan, Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi 12 gektar maydonda neftni qayta ishlash loyihasini amalga oshirgan “Moxsar” Oʼzbekiston – Koreya qoʼshma korxonasi fikrimizning yaqqol tasdigʼidir. Kompaniya mamlakatimizga import qilinayotgan dizel mahsulotlarini mahalliylashtirishni maqsad qilgan. Yaʼni, zavodda xomashyo qayta ishlangan holda mana shu yerdan benzin va dizel kabi koʼp tarmoqli yoqilgʼilar mahalliy bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 5,5 mln. АQSh dollari boʼlib, shundan 2,9 mln. АQSh dollari xorijiy investitsiya hisoblanadi.

– Siz koʼrib turgan mana shu joylar unumdorligi past yerlar edi. Prezidentimiz tashabbuslari bilan tadbirkorlarga yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida biz ushbu katta loyihani amalga oshirdik. 70 ga yaqin yangi ish oʼrinlari yaratilgan boʼlib, shundan 30 nafari yoshlar hisoblanadi. Yillik 388 mlrd. soʼmlik mahsulot ishlab chiqarib, undan 20 mlrd. soʼmini byudjetga yoʼnaltirishni reja qilib olganmiz. Zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish orqali biz mahalliylashtirish darajasini 50%ga yetkazdik. Kelgusida “Moxsar” brendi ostida yoqilgʼi quyish shoxobchalarini tashkil etishni maqsad qilib olganmiz. Loyihamizni Turonbank orqali amalga oshirmoqdamiz, barcha moliyaviy yoʼnalishlarda ular bilan birga ishlayapmiz, dedi” “Moxsar” MChJ direktori birinchi oʼrinbosari Jasur Rahmonov

Snimok_2024_01_24_00_33_54_269

Zavod bosh texnologi Bahtiyor Yoʼlchievning bergan maʼlumotlariga qarganda, korxona yiliga 97 ming tonna neft mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega va undan hech qanday ortiqcha chiqindi chiqmaydi.

Bu kabi loyihalar hududning iqtisodiy imkoniyatlarini yanada yaxshilab, yangi ish oʼrinlari paydo boʼlishiga olib keladi.