Turonbank mijozi
Restoratorlik akademiyasi loyihasi!

Statistik maʼlumotlarga qaraganda, oʼtgan 2023 yilda Oʼzbekistonga qariyb 6 million nafarga yaqin turistlar tashrif buyurishgan. Аvvalgi yilning shu davrida bu koʼrsatkich nisbatan pastroq boʼlgan edi. Koʼrinib turibdiki, xizmatlar koʼrsatish sohasi turistik salohiyati yuqori boʼlgan hududlar uchun eng aktual yoʼnalish. Bir sayyohga koʼrsatilgan yuqori darajalagi xizmat xorijliklar tashrif zanjirining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Аyni shu jihatlarni inobatga olgan holda koʼhna va hamisha navqiron Samarqandda restoratorlik va mehmonxona ishi boʼyicha maxsus akademiyalar oʼz faoliyatini boshlamoqda.

DSC03991

“Gastro Ekspert” bu Samarqand shahrida 10 yillik tajribaga ega “Shashlikuz Group” kompaniyasining eksklyuziv loyihasidir. Yaʼni, restoratorlik va xizmat koʼrsatish yoʼnalishida kadrlar tayyorlashning zamonaviy va noodatiy uslubini yoʼlga qoʼygan akademiya. Mazkur monomarkaz restoran va mehmonxona ishi shuningdek servis sohasiga qiziqishi boʼlgan oʼgʼil – qizlarni yetuk mutaxassis sifatida kasbiy tayyorlash imkoniyatini beradi.

- Bizning akademiyamizda restoran sohasidan boshlab, xususan, administratorlik, xostes, barmen, ofitsiantlar va ularning toʼlaqonli tizimida ishlovchi xodimlarni oʼqitib, oʼrgatib, ularni toʼgʼri yoʼnalishga qoʼyib ish bilan ham taʼminlar imkoniyatiga egamiz. Bu kurslarda bizning oʼquvchilarimiz ham nazariya ham amaliyotgan oʼz bilim va tajribalarini kuchaytirishadi. Buning uchun Shashlik.uz restoranlar tarmogʼida juda ham katta baza mavjud. Kelgusida biz mazkur akademiyani tamomlagan yoshlarni chet – eldagi nufuzli restoranlarga ham shartnoma asosida ishga kirishlariga koʼmaklashmoqchimiz, deydi “Gastro ekspert” akademiyasi HR menejeri Zarina Murodova”

DSC04068

Oʼquv markazi ayni vaqtda Malayziya, Singapur, Indoneziya, Koreya singari davlatlarda “Shashlikuz” brendi ostidagi restoranlar foliyatini yoʼlga qoʼyish boʼyicha rasmiy memorandumlarni imzolagan boʼlib, ushbu muassasalarga “Gastro ekspert” akademiyasining eng yaxshi bitiruvchilarini jalb etishni reja qilgan. Shuning uchun ayni vaqtda oʼquv markazida Ingliz va Koreys tillari ham oʼqitilmoqda.

– Bizning “Gastro ekspert” akademiyamiz bir yilda 2,5 ming nafar malakali mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatiga ega. Ularni bepul oʼqitib, sertifikat berib, eng kamida 6 - 7 million soʼmlik ish haqi bilan ishga jalb etyapmiz. Bundan asosiy maqsad Oʼzbekistonimizni gastro turizm yoʼnalishini rivojlantirib, bizning madaniyatimiz, salohiyatimiz, taomlarimiz qay darajada ekanligini butun dunyoga yoyishdir. Hozirgi kunda eko – turizm, agro turizm va chorvachilik yoʼnalishlari boʼyicha hamkorimiz boʼlmish Turonbank bilan birga ishlab kelmoqdamiz, dedi” “Shashlikuz Group” va “Gastro ekspert” akademiyasi asoschisi Аhmadjon Saloev.

DSC04140

Аlbatta, bu kabi tashabbuslarning roʼyobga chiqishida tadbirkorlar uchun yaratib berilayotgan erkin biznes muhiti va imkoniyatlarning oʼrni ahamiyatli. Xususan, Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan qabul qilingan «20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturi bu boradagi ishlarga huquqiy asos boʼlmoqda.