Tasavvurimiz
Anʼanaviy qadriyatlar va uzoq muddatli hamkorlikka ega yangi “Turonbank”ni yaratish.
Missiyamiz
Biz mijozlarimizning, shuningdek, Bank xodimlarining va aksiyadorlarining barqaror oʻsishini taʼminlash maqsadida aholi uchun, kichik va oʻrta biznes uchun innovatsiyaviy yechimlarni taqdim etamiz.
KORPORATIV QADRIYATLARIMIZ
Moliyaviy xavfsizlik
Turonbank asosli va oqilona bank risk siyosatini yuritib, Bank aktivlarining barqaror o‘sishini ta’minlab kelmoqda.
Obro‘-e’tibor
Turonbank ishonchli va nufuzli moliyaviy muassasa sifatida o‘z obro‘sini doimiy ravishda mustahkamlab borishga intiladi.
Individual yondashuv
Bank xodimlari har bir mijozga individual yondashuvni qo‘llab, ularning bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish hamda maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratishga intiladilar.
Mijozlar
Bank xodimlari mijozning faoliyat sohasi yoki hisob raqami hajmidan qat’i nazar, har bir mijozga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.
Jamoa
Turonbank o‘z xodimlarini qadrlaydi va ularda tashabbuskorlik, mas’uliyat va mehnatsevarlik kabi fazilatlarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.