“Turonbank” ATB Komplayens nazorat departamenti xodimlari uchun maxsus seminar-trening tashkil etildi. Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha milliy qonunchilik talablari, xalqaro standartlar, sanksiyaviy komplayens hamda korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat tizimini takomillashtirish mavzusiga qaratilgan treningda Turonbankning joylardagi Bank xizmatlari markazlari xodimlari ham ishtirok etdi.

Дизайн без названия (19).png
4 kun davom etgan seminarda Markaziy bank, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan taklif etilgan ekspertlar tomonidan mavzuga doir bir-biridan qiziqarli hamda dolzarb ma’lumotlar bilan boyitilgan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Дизайн без названия (21).png
Jumladan, “Bank tizimida uchrayotgan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va ularni oldini olishga doir choralar”, “Korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorat tizimini takomillashtirish”, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga oid tavakkalchiliklarni baholash”, “Xalqaro talablar asosida tijorat banklarida ichki nazoratni tashkil qilish” singari mavzularda muhokamalar ham bo‘lib o‘tdi. Seminarning so‘nggi kunida esa psixologik mavzuga e’tibor qaratilib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu jarayonda xodimlar samarali faoliyat olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Дизайн без названия (20).png
Seminar yakunida esa ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

Дизайн без названия.png
Дизайн без названия (2).png
Дизайн без названия (22).png
Дизайн без названия (5).png
Дизайн без названия (3).png
Дизайн без названия (16).png
Дизайн без названия (15).png
Дизайн без названия (14).png
Дизайн без названия (12).png
Дизайн без названия (10).png
Дизайн без названия (6).png
Дизайн без названия (8).png
Дизайн без названия (18).png