"Turonbank" ATB mamlakatimiz yoshlarining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda kasbga yo’naltirish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-11 sinf o’quvchilari uchun Turonbank bosh ofisi hamda Toshkent shahar bank xizmatlari markazlariga ekskursiya uyushtirdi.

O’quvchilar Turonbankdagi hayot va xodimlarning asosiy vazifalari bilan tanishdi. Xodimlar Bank xizmatlari markazidagi elektron navbat, kassalar orqali amalga oshiriladigan amaliyotlar, mijozlarga taklif etiladigan xizmat va mahsulotlar hamda Turonbank tomonidan emissiya qilinadigan plastik kartalar haqida o’quvchilarga so’zlab berishdi.

O’quvchilar shuningdek bosh ofisda ham bo’lib departamentlar faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, xususan kutubxona, matbuot markazi studiyasi, Turonbank muzeyi va O’quv markazi faoliyati bilan tanishdi.

Turonbank boshqaruvi raisi o’rinbosari Shahlo Ibragimova bilan uchrashuv hamda bankda faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan bo’lib o’tgan ochiq muloqot esa o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Ayni shu uchrashuv paytida o’quvchilar Turonbank boshqaruvi raisi o’rinbosaridan o’zlarini qiziqtirgan ko’plab savollarga javob olish bilan birga kelajak uchun muhim tavsiyalarga ham ega bo’lishdi.
Ekskursiya haqida tayyorlangan videorolik bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=eZ_MYaKECy8&t=7s 
Дизайн без названия (86).jpg
Дизайн без названия (87).jpg
Дизайн без названия (96).jpg
Дизайн без названия (88).jpg
Дизайн без названия (90).jpg
Дизайн без названия (89).jpg
IMG_0192.JPG
IMG_0193.JPG
IMG_0191.JPG