Kitob aqlni charxlaydigan, ma’naviy yuksalishga yetaklaydigan manbaadir. Tog’ri, rivojlanib borayotgan zamonda elektron kutubxonalarning o’rni ham beqiyos. Ammo kitobni qo’lingizga olib uni qog’ozlarini varaqlab o’qish insonga o’zgacha taassurotlarni hadya etadi. Bu kitoblarga xalqimizning mehri boshqacha. Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini saqlab qolish va yoshlarimiz orasida kitobxonlikni keng targ’ib etish uchun esa so’nggi yillarda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Turonbank” ATB tomonidan poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi "Yangi kamolon" MFY, Uchtepa tumanidagi "Yangito'l" MFY, Yashnobod tumanidagi "Bog'bon" MFY, Yunusobod tumanidagi "Turkiston" MFY, Mirobod tumanidagi "Fitrat" MFY, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Oliy Himmat" MFY va Chilonzor tumanidagi "Novza" MFYda kutubxonalar tashkil etilib ular umumiy hisobda 3000 donaga yaqin turli janrlardagi budiiy, ilmiy va jahon adabiyotining durdona asarlardan iborat kitoblar bilan boyitildi.

Mahallalardagi kutubxonalar zamonaviy va qulay mebel jihozlari, kitob javonlari hamda kompyuter jamlanmalari bilan jihozlandi.

Asosiysi har bir mahalladan 1 va 2 nafardan ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlanib, kutubxonalarda faoliyat olib borish uchun ishga qabul qilindi.
Дизайн без названия - 2024-05-03T183850.247.jpg
Дизайн без названия - 2024-05-03T183909.776.jpg
Дизайн без названия - 2024-05-03T183942.559.jpg
Дизайн без названия - 2024-05-03T184014.319.jpg
Дизайн без названия - 2024-05-03T184301.673.jpg
Дизайн без названия - 2024-05-03T184343.009.jpg
Дизайн без названия - 2024-05-03T184421.177.jpg
Дизайн без названия - 2024-05-03T184455.307.jpg
Дизайн без названия - 2024-05-03T184541.960.jpg
Дизайн без названия - 2024-05-03T184639.199.jpg