Xabaringiz bor ayni vaqtda poytaxt III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga mezbonlik qilmoqda. Unga 93 ta davlatdan qariyb 2,5 mingga yaqin ekspertlar, xususan, yirik kompaniyalar rahbarlari, investorlar, BMT, YETTB, OPEK, SHHT kabi xalqaro tashkilotlardan yuqori martabali mehmonlar tashrif buyurishdi. Xalqaro Kongress markazida 40 dan ortiq muhim tadbirlar, taqdimotlar, davra suhbatlari va B2B uchrashuvlar boshlab yuborildi.

Xususan, uning doirasida “Turonbank” ATB Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi bilan o‘zaro shartnomani imzoladi. Marosimda bank Boshqaruv raisi Chori Mirzayev va Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi rahbari Hani Salem Sonbol ishtirok etishdi.

Mazkur kelishuvga ko‘ra o‘zlashtiriladigan mablag‘lar mamlakatda kichik va o‘rta biznesni yana-da rivojlantirish, bu boradagi istiqbolli loyihalarni qo‘llab – quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Shu kabi yirik forumlarning muntazam oʻtkazilishi, oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash, yangi tashabbus va loyihalarni ishlab chiqish, bu orqali esa mamlakat iqtisodiyoti va aholi ijtimoiy hayotining yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

1 (6).jpg