Eksportbop mahsulotlar jahon peshtaxtalarida xaridorgir bo‘lyapti!

Qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirib, aholini oziq-ovqat tovarlari bilan uzluksiz ta’minlash dolzarb, mas’uliyatli masaladir. Bu borada esa eng to‘g‘ri yechim, meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash jarayoniga e’tibor qaratish. Ya’ni ushbu yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi korxonalarni qo‘llab – quvvatlab, ishlab chiqaruvchilarning mustaqil ravishda tashqi bozorga chiqishi uchun moliyaviy ko‘mak berish lozim. “Turonbank” ATB bu borada samarali faoliyat olib borayotgan moliya muassasalaridan biridir. Xususan, bank Toshkent viloyati Toshkent tumanida o‘z biznesini boshlagan “MAVR” MChJga meva – savzavotlarni qayta ishlash uchun 692 ming dollar kredit ajratdi. Natijada, korxona Xitoy va Rossiya davlatlaridan mahsulotlarni qayta ishlash, quritish, kukun shakliga keltirish va qadoqlashga ixtisoslashgan zamonaviy texnologiyalarni xarid qildi. 

IMG_0755.JPG

Endilikda, bu yerda sut va non mahsulotlari ishlab chiqarish zavodlari, qandolat fabrikalariga tabiiy sifatga ega meva – sabzavotlarning kukunlari yetkazib beriladi.

IMG_0760.JPG

Toshkent viloyatida joylashgan ushbu korxona joriy yilning dekabr oyida to‘liq ishga tushib, yiliga 450 - 500 tonna tayyor mahsulot tayyorlashi rejalashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda u yerda ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. Korxona vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mahsulotlarga hozirdanoq Rossiya, Ukraina, Arab davlatlari, Qozog‘iston, Polsha kabi 10 dan ortiq mamlakatlar qiziqish bildirishmoqda.

IMG_0769.JPG

Ushbu loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad eng avvalo aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilishdir. Ya’ni biz serquyosh zaminimizda yetishtirilgan mahsulotlarni yilning to‘rt faslida ham bor foydasi bilan ularga yetkazishni istaymiz. Ayni payt o‘n sakkiz xil meva – sabzavotni qayta ishlagan holda kukun shaklida tayyorladik. Pomidor, bulg‘or qalampiri, qovoq, olma va limon shular jumlasidandir. O‘zbekiston bozorini tahlil qilib ko‘rganimizda, ushbu yarim tayyor mahsulotlar asosan Xitoy davlatidan import qilinishini aniqladik va uni o‘zimizda ishlab chiqarishni boshladik. Yilning oxirida ishga tushishi rejalashtirilayotgan liniyamizda qariyb 40 ga yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, kelgusida “Turonbank” ATB bilan hamkorlikda mazkur xomashyoni o‘zimizda sharbat, bolalar bo‘tqasi kabi tayyor mahsulotga aylantirishni ham mo‘ljallayapmiz dedi “MAVR” MChJ rahbari Farhod Muhtorxo‘jayev.      

IMG_0779.JPG

Asosiy maqsad eng avvalo ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirish va eksport hajmini oshirishdir. Bunda esa ularga “Turonbank” ATB yaqindan yordam beryapti.