KUN.UZGA_7.jpg

Turonbank IFC bilan transformatsiya qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi!

Zamon taraqqiy etayotgan bugungi kunda bank xizmatlariga bo‘lgan talab kundan – kunga oshib bormoqda. Bunda esa albatta eng so‘nggi texnologiyalarni qo‘llagan holda ish yurituvini joriy etib, oson, tezkor va sifatli bank mahsulotlarini ishlab chiqish muhim sanaladi. O‘zbekiston moliya bozorida o‘zining munosib reytingiga ega Turonbank, mijozlar uchun mana shu kabi qulay va innovasion xizmatlarni taklif etish maqsadida zamonaviy transformatsiya jarayonlarini boshlab yuborgan va bu borada muayyan ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, ayni yo‘nalishda nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari bilan ham ijobiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. So‘zimizning isboti sifatida, 2021-yildan boshlab Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan o‘rnatilgan hamkorlik munosabatlarini keltirishimiz mumkin. Uning natijasida dastlabki bosqichda Turonbank faoliyati chuqur tahlil qilindi.

2 (28).jpg

O‘zaro hamkorlikning navbatdagi ikkinchi bosqichi esa 2022-yildan boshlanib, unda IFC ekspertlari tomonidan bankning joriy operatsiyalari, kredit jarayonlari, risklarni boshqarish, korporativ boshqaruv bo‘yicha batafsil baholash olib borildi hamda moliya muassasasining biznes jarayonlari diagnostikadan to‘liq o‘tkazildi. Natijada, xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan hamkorlikda Turonbankni 2022-2025-yillar davomida to‘liq transformatsiya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Mazkur yo‘l xaritasida belgilangan rejalarni amalga oshirish maqsadida 2022-yilning 10-avgust kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan bank faoliyatini to‘liq transformatsiya qilish bo‘yicha navbatdagi kelishuv shartnomasi imzolandi.

1 (26).jpg

Tadbirda “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi Chori Mirzayev, IFC bilan imzolangan mazkur hamkorlik kelishuvi davlatimiz rahbarining 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlarning mantiqiy davomi ekanligini qayd etdi. Xalqaro moliya korporatsiyasining (IFC) yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha moliya institutlari guruhi menejeri Mexmet Mumdjuogluning ta’kidlashicha, “Turonbank” ATB bilan tuzilgan strategik hamkorlik hukumatning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’yi – harakatlarning muhim bosqichlaridan biridir. Biz Turonbank bilan o‘zaro ijobiy aloqalarni yo‘lga qo‘yganligimizdan mamnunmiz va bankning kichik o‘rta biznes tarmog‘i, shuningdek suv xo‘jaligi kabi yo‘nalishlardagi faoliyatini yuqori baholaymiz deydi IFC menejeri Mexmet Mumdjuoglu.

3 (22).jpg

Qayd etish lozimki, Turonbank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichga olib chiqilishi bankni xususiylashtirish jarayonlarini yana-da tezlashtirishga xizmat qiladi. Bu orqali esa mijozlar bazasini oshirib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini bir necha karra yaxshilash, biznes vakillari uchun taklif etiladigan mahsulotlarning turlarini ko‘paytirish, natijada bankni agrosavdo va chakana xizmatlar yo‘nalishida yana-da rivojlangan tijorat moliya muassasasiga transformatsiya qilish ko‘zda tutilgandir.

4 (15).jpg

Shuningdek, o‘z faoliyatida suv resurslaridan foydalanuvchi mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni moliyalashtirish uchun investitsiyalarni keng jalb qilish orqali “Moviy” usuldagi moliyaviy bank bo‘lish imkoniyatlarini o‘rganish ham rejalashtirilgan.