Markaziy Osiyodagi yagona zavod endi O‘zbekistonda!
Turonbank ko‘magida noyob shisha tolalari tayyorlanmoqda!

Turonbank ko‘magida noyob shisha tolalari tayyorlanmoqdaUchinchi Renessans — bu raqamli texnologiyalar, internet va sun’iy intellektdan foydalanish, kelgusi ming yillikdagi sivilizatsiyaning global muammolarini hal qilishda milliardlab odamlarning jamoaviy ongini birlashtirishdir. Bugun hayotimizning har javhasida ular eng muhim lokomotiv vazifasini bajarib, inson faoliyatining barcha sohasida miya kapitalining o‘sishi va intellektualizatsiya asosi bo‘lyapti. So‘zimizni jahon tahlilchilarining prognozlari ham isbotlaydi, unga ko‘ra 2025-yilga borib dunyoda raqamli iqtisodiyoti hajmi 23 trillion AQSh dollariga yetishi, uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi esa hozirgi 17,1 foizdan 24,3 foizgacha oshishi mumkin. Bu degani siz va bizni yaqin kelajakda yangi raqamli renessans davri qarshi oladi. Ayni mukammal avtomatlashgan global jarayonlarda faol ishtirok etib, o‘zining taraqqiyot drayverlarini ishga tushirish, buning uchun terndda bo‘lgan nou – xaular va nanotexnologiyalarni qo‘llash, har bir rivojlanib kelayotgan davlatning birinchi raqamli missiyasidir. O‘zining aniq maqsadga yo‘naltirilgan strategiyasiga ega yangi O‘zbekiston esa bu oqimda munosib pozitsiyaga ega bo‘lib bormoqda. Xususan, yangi quvvatlar, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilayotgan yirik korxonalar, ilm va innovatsiyani integratsiya qilgan zavodlar buning yaqqol tasdig‘idir.

C00240.jpg

IMG_6340.JPG
DSC04359.JPG
IMG_6314.JPG
“Falk Porsche Fiberglass” O‘zbekiston – Germaniya qo‘shma korxonasini mana shu kabi istiqbolli va innovasion loyiha sifatida keltirishimiz mumkin. Dronlar ishlab chiqarish, avto, temir yo‘l va avia sanoat, yo‘l hamda ko‘priksozlik, shuningdek yana yuzlab strategik ahamiyatga ega maqsadlar uchun eng noyob nanotexnologiya hisoblangan xomashyolar, aynan mana shu zavodda ishlab chiqariladi. Ya’ni, hozirga qadar jahoning sanoqli davlatlarida mavjud shisha tolasidan kompozit materiallar tayyorlash obyekti endi O‘zbekistonda!

IMG_6324.JPG
DSC04351.JPG
IMG_6341.JPG
IMG_6326.JPG
IMG_6363.JPG
Uning ochilish marosimida qayd etilganidek, mazkur yangi avlod zavodi mamlakatimiz sanoat bozori va maydoni uchun yangilik bo‘lib, “O‘zglaszayden” korxonasining reinjiniring qilinishi natijasida Markaziy Osiyoda yagona loyiha sifatida, 21,4 mln yevro miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya asosida “Deutsche Kabel AG Tashkent” va “Turonbank” ATB hamkorligida tashkil etildi.

IMG_6381.JPG
IMG_6382.JPG
IMG_6377.JPG
IMG_6428.JPG
IMG_6430.JPG
IMG_6395.JPG
 - Loyiha bo‘yicha ishlar Davlatimiz rahbarining 2019-yil “Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroridan so‘ng boshlandi deydi zavod rahbari Ulug‘bek Ismoilov. Uning so‘zlariga qaraganda, shishatolani ishlab chiqarish uchun o‘zimizning mahalliy kaolin, oxaktosh, natriy sulfat va kolemanitdan aralashma tayyorlanadi va 1550 gradusda qizib turgan maxsus qozonlarda eritiladi. Ayni vaqtda kuniga 40 tonna shisha tayyorlash imkoniyati mavjud. Bu issiqlik qozonlari Germaniya texonologiyasi hisoblanib, 40 foizgacha gazni tejashga ko‘maklashadi. Zavod rahbari bilan suhbatimiz davomida shuni ham bilib oldikki, bu shisha tolalarning noyobligi uning vazni va mustahkamligi bilan ham bog‘lik ekan. Tasavvur qilib ko‘ring, inson sochi taxminan 100 mikron o‘lchamda belgilansa, bu xomashyo unda qariyb 7 barobar ingichka ya’ni atiga 13 mikronni tashkil qilar ekan. Ammo zichligi va bardoshliligi bo‘yicha temirdan bir necha barobar qattiqroqdir, - deydi Ulug‘bek Ismoilov.

IMG_6462.JPG
Olmazor kichik sanoat zonasida joylashgan 2,5 gektarlik yangi avlod zavodining texonologik jarayonlari bilan yaqindan tanishish davomida barcha bosqichlar to‘liq avtomatlashganligi, laboratoriya ishlari eng so‘nggi rusumdagi uskunalar yordamida olib borilishiga guvoh bo‘ldik. Hozirning o‘zidayoq bu yerda 400 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, ularning aksariyat qismini yoshlar tashkil etmoqda.

IMG_6476.JPG
“Falk Porsche Fiberglass” O‘zbekiston – Germaniya qo‘shma korxonasi to‘liq quvvat bilan ishga tushganda yiliga 13 ming tonna shisha tolasi, 6 ming tonna kompozit material va polimer qoplamalar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Eksport esa taxminan yiliga 10 mln yevrodan ortiq bo‘lishi kutilyapti.   

IMG_6464.JPG
Agarda jahon miqyosida shishatolasiga bo‘lgan talab yuqori ekanligini inobatga olsak, bu nanotexnologiyaning sanoat shaklida rivojlanishi mamlakatimiz eksport salohiyatining yana-da yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etishi turgan gap. Sababi, global dunyoning yaqin kelajakdagi o‘zgarish va chaqiriqlari minimal, kamharj va chidamli materiallarning ommalashishiga zamin yaratadi.