Bugungi globallashuv davrida rivojlanishning barcha chaqiriqlariga munosib javob berib, o‘z iqtisodiyotini taraqqiy ettirgan mamlakatlar haqida so‘z ketganda, barchamiz buning sabablari, ular qo‘llagan strategiyalar qanday ekanligiga qiziqamiz. Ko‘p hollarda esa tahlil natijalari birdek xulosa beradi bu ta’limga kiritilgan investitsiya. 

Darhaqiqat, yosh avlod hayoti va ularning har jihatdan yetuk kamoliga yuksak e’tibor qaratish, ta’lim jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtidorli o‘g‘il - qizlarni tarbiyalash va o‘qitish uchun sarflanadigan mablag‘lar shak - shubhasiz kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevordir. Davlatimiz rahbari ham har safar ziyolilar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda mana shu jihatlarga to‘xtalib, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularda yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik mahoratini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash kabi ishlarni yana-da jadallashtirish kerakligini ta’kidlaydilar. Zero, yangi davr odimlariga xos keng fikrlaydigan, shijoatli kadrlarni tayyorlash, jahon maydonida munosib raqobatlashish imkonini beradi. 

1572432003_wsRJ-I.jpg

Shu maqsadlarga erishish uchun ayni payt mamlakatimizda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi uzluksiz oshirilib, davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan keng foydalangan holda nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Natijada, o‘qitish tizimiga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturlar joriy etilib, bir necha xorijiy tillarni mukammal o‘rgatuvchi xususiy maktablar ish boshlayapti.

1572432003_yYIku1.jpg

Bularga misol tariqasida, “Turonbank” ATBning doimiy mijozi bo‘lgan  "Welcome Alliance" MChJni keltirishimiz mumkin. O‘zining “Oxbridge international school” bolalar bog‘chasi  va maktabi loyihasi bilan 2018-yil ish boshlagan korxona, moliya muassasasining 2,5 mlrd. so‘mlik moliyaviy ko‘magi evaziga 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xalqaro ta’lim standartlari asosida bilim berishga mo‘ljallangan ikkita kampus ya’ni o‘zining o‘quv binolarini qurib bitkazdi.  Shuningdek, sport maydonchasi, futbol o‘yingohi, sun’iy suv havzasi, mo‘jazgina oshxona ham bank kreditlari hisobidan tashkil etildi. 

0091126_b.jpeg

Hech bir xorij maktablaridan qolishmaydigan imkoniyatlarni taklif etayotgan  xalqaro ta’lim muassasasida bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishi, ijodiy barkamolligi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 1 gektarlik maydonda ham bolalar bog‘chasi ham davlat ta’lim maskani ham xalqaro bakalavr maktabining mavjudligi esa bir tizimning o‘zida bilimli yoshlarni tayyorlashga ko‘maklashmoqda. 

0123548_b.jpeg

Ayni payt bu yerda 450 nafar o‘g‘il – qizlar AQSh, Kanada, Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlaridan saralab olingan malakali pedagoglardan tahsil olishmoqda. Ta’lim dasturlari ham an’anaviylaridan tubdan farq qiladi. Xususan, ertalabki 08:00dan kechki 18:00 gacha o‘quvchilar rus – tili, matematika, adabiyot kabi qator fanlar bo‘yicha bilim olish bilan birga, qo‘shimcha tarzda informatika, chet tillari, sportning taekvondo, suzish, shaxmat, gimnastika va san’at to‘garaklarida ham o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar. Ushbu xalqaro maktabning yana bir afzallik jihati, bolalarning to‘g‘ri ovqatlanishi uchun jadval yaratilganligidir. Unga ko‘ra, kun davomida 5 marotaba sifatli sabzavotlardan tayyorlangan taomlar taqdim etiladi.

photo_2019-11-23_13-54-16.jpg

Bundan tashqari maktabimizda birinchi tibbiy va terapevtik yordam ko‘rsatish bo‘yicha umumiy amaliyot shifokori va hamshiralar ham faoliyat yuritishadi. Ular har kuni o‘quvchilarni tekshiruvdan o‘tkazib, qandaydir muammolar bo‘lsa zudlik bilan ota-onalarga xabar berishadi. Qolaversa, biz allergiya yoki diabet kabi kasalliklarga chalingan bolalarga alohida e’tibor qaratib, maxsus taomnoma asosida yegulik tayyorlaymiz. Bilasizmi, menimcha maktabimizdagi eng muhim jihat bu bog‘cha, maktab va to‘garaklarning bir yerda jam bo‘lganligidir. Bu orqali bolalar begonasirash xissidan yiroq bo‘lib, jamoada bo‘lishga o‘rganishadi. Ana shu jihat ularga hayotlari davomida muvaffaqiyatga erishishning asosiy kalitidir. Bunday darajaga yetishimizda albatta, “Turonbank” ATBning ko‘magi katta bo‘ldi. Ular bizning biznesimiz rivoji uchun emas balki kelajak avlodning barkamol bo‘lishi uchun moliyaviy ko‘mak berishdi. Bundan keyin hamkorlikni kengaytirib, yangi o‘quv binolarini qurishda birgalikda ishlash niyatimiz bor, dedi “Oxbridge international school” rahbari Po‘lat Sulaymonov. 

Yana bir jihatni qo‘shimcha qilishimiz kerak, xalqaro maktabda yo‘lga qo‘yilgan “IB” ya’ni xalqaro bakalavr tizimini tamomlagan bolalar jahonning eng yaxshi ta’lim muassasalariga kirish uchun asos vazifasini o‘taydigan diplomga ham ega bo‘lishlari mumkin. Masalan, Garvard, Stenford, Oksford, Prinston, London Imperial kolleji va Singapur milliy universiteti shular jumlasidandir.

1572431404_qiLuEG.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni payt mamlakatimizda 1 168 ta xususiy bog‘cha, 123 ta maktab, 752 ta o‘quv markazi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda minglab yoshlar o‘zlarining bilimlarini mustahkamlashmoqda. Asosiy maqsad esa ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan mukammal qilib tarbiyalashdir.