Turonbank kreditlari bilan yetti xazinaning birini rivojlantiring!

Mamlakat iqtisodiyoti rivojlangani sari tadbirkorlarning o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlariga yangi imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda. Ayniqsa, oziq-ovqat tarmog‘ining asosiy manbasi hisoblangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bunga misol bo‘la oladi. Bu borada asosiy sohalardan bo‘lgan chorvachilik bilan alternativ tarzda yetti xazinaning biri deya e’tirof etiluvchi parrandachilik ham ayni payt tez sur’atda rivojlanyapti.

Ekologik toza va to‘yimli mahsulotlar ishlab chiqarib, agrosanoat tarmog‘i rivojiga o‘z hissasini qo‘shish niyatida bo‘lgan ishbilarmonlarni esa “Turonbank” ATB sifatli va tezkor moliyaviy xizmatlari bilan qo‘llab – quvvatlab kelmoqda. So‘zimizning tasdig‘i sifatida Samarqand viloyatidagi “Javohir parrandasi” MChJni keltirishimiz mumkin. Moliya muassasasining 1,0 mln. dollarlik krediti evaziga korxona yillik hajmi 38 million dona tuxum tayyorlashga mo‘ljallangan firmani tashkil etdi. Natijada, u yerda raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlanib, chiqindilarni chuqur qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi va 30 nafardan ziyod aholining bandligi ta’minlandi.

35966_700x467.jpg

Avvaliga ushbu biznesni yo‘lga qo‘yishga biroz cho‘chigan edik. “Turonbank” ATBning ko‘magi bilan o‘z niyatimizga erishdik va ayni payt muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqdamiz. Xususan, hozirga kelib 120 ming bosh parrandamiz bor va kuniga 60 ming dona tuxum beradi. Hukumatimiz tomonidan biz kabi ishbilarmonlarga yaratilayotgan sharoitlardan juda ham mamnunmiz. Ayniqsa, “Turonbank” ATB har qanday vaziyatda bizga ko‘mak berishga doim tayyor. Kelgusida ham bank bilan hamkorlikda o‘z biznesimizni kengaytirib, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadidamiz, dedi “Javohir parrandasi” MChJ rahbari o‘rinbosari Amir Mo‘minjonov. 

“Parrandasanoat” uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda  mamlakatimizda  ushbu yo‘nalishga ixtisoslashgan 1,5 mingdan ortiq korxonalar faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ularda 34 mln. boshdan ortiq parrandalar sanoat usulida boqilmoqda. Buning natijasi o‘laroq, 2016-yilda tuxum yetishtirish 6,1 milliard donani tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib bu ko‘rsatkich 8 milliardga yetdi. Bunda esa bankning ham munosib o‘rni bordir.

parranda 1.jpg

Shu o‘rinda yana bir jihatga e’tibor qaratish lozim. Mamlakatimizda tovuq go‘shti va tuxum yetishtirish yetakchi tarmoqlardan biriga aylanayotgan bo‘lsa ham sohada ayrim muammolar mavjud. Xususan, asosiy zotli parrandalar yurtimizga genetik injeneriyasi rivojlangan yirik importyor mamlakatlar – AQSh, Gollandiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Vengriya va Rossiya kabi davlatlardan keltiriladi. Ya’ni bu davlatlar tovuqning mahsuldorlikka javob beruvchi genini o‘zgartirish orqali parranda mahsuldorligini bir necha barobar oshirishga erishgan bo‘lib, o‘zlarida naslli broyler tovuqlarining birinchi avlodini yaratib, ikkinchi ­ naslli ota-ona avlodini xorijga eksport qilishadi. “Turonbank” ATB ajratayotgan kreditlari orqali shu kabi masalalar yechimini ham hal etishga urinmoqda. Xususan, tashabbuskorlar o‘zimizda shunday innovatsiyalarni joriy etishga harakat qilishyapti.

Bir so‘z bilan aytganda, jahonda go‘sht mahsulotlari orasida yetishtirish va iste’moli bo‘yicha parranda go‘shti ikkinchi o‘rinda turganini inobatga olsak, bu tarmoqning rivoji mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun juda muhimdir. “Turonbank” ATBning bu boradagi sa’y – harakatlari esa ushbu yo‘nalishda faol tadbirkorlik muhitini yaratmoqda.