Hozirgi kunda bank tomonidan mijozlarning xalqaro pul o‘tkazmalari (jo‘natish/qabul qilish) mablag'larni xorijiy yoki milliy valyutada amalga oshirish  mumkin. Shuningdek, pul o‘tkazma amalga oshirilganda mablag‘ning maʼlum qismini xorijiy valyutada qolgan qismini milliy valyutada olish imkoniyati mavjud.

Bu mijozlarning bankdagi hisobvaraqlaridan boshqa bankdagi hisobvaraqlarga pul ko‘chirish orqali amalaga oshiriladi. Jismoniy shaxslar uchun ham chet el valyutasida hisob-kitoblarni amalga oshirish va xorijiy yuridik tashkilotlarga turli to‘lovlarni o‘tkazishning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Bankning mintaqaviy bo‘linmalari ko‘pligi va xorijiy yirik banklar bilan vakillik aloqalari o‘rnatilgani bank tomonidan mijozlar manfaatlarini maksimal hisobga olinishi imkonini yaratadi hamda pul o‘tkazish ishlarini tezkor va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydi.