“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi

2023-yil “26” dekabr kuni soat 1100 da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4a uy manzilida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi

KUN TARTIBI:

1. Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Turonbank” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.

3. “2023-2027-yillarda “Turonbank” ATBning rivojlanish strategiyasi”ni tasdiqlash.

4. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

5. “Turonbank” ATB Kuzatuv kengashi a’zolarini mukofotlash to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.

6. “Turonbank” ATBning manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosati”ni yangi tahrirda tasdiqlash.

Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reyestri 2023-yil “4” dekabr holatiga, umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri 2023-yil “20” dekabr holatiga tuziladi.

Bank Kengashi aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat,  aksiyadorlarning vakillaridan esa shaxsni tasdiqlovchi hujjat va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan yig‘ilishga kelishlarini so‘raydi.

Bank aksiyadorlari va ular nomidan vakillar 2023-yil “26” dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab yuqorida ko‘rsatilgan manzilda ro‘yxatga olinadi.

Yig‘ilishni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot hamda unda ko‘riladigan hujjatlar bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin: elektron manzil: www.turonbank.uz, “Turonbank” ATB Bosh ofisi (Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 4a uy) hamda bankning barcha filiallari

Тelefonlar: +99895 144-60-00; 202-01-01; 202-70-70.

«Тuronbank» АTB Кengashi