“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi bank aksiyadorlarining navbatdagi yillik hisobot umumiy yig‘ilishi

2023-yil “26” iyun kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4a uy manzilida bo‘lib o‘tishini  ma’lum qiladi

KUN TARTIBI:

1. Bank aksiyadorlarining navbatdagi yillik hisobot umumiy yig‘ilishining sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Turonbank” ATB aksiyadorlarining navbatdagi yillik hisobot umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.

3. Bankning 2022 moliyaviy yildagi faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobotini hamda 2023-yilda bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida bank Boshqaruvining hisobotini tasdiqlash.

4. Bankning 2022-yildagi faoliyati yakunlari bo‘yicha tashqi audit xulosasini ko‘rib chiqish.

5. Bank Kengashining 2022-yildagi faoliyati bo‘yicha hisobotini  hamda bankning rivojlanish strategiyasiga erishishi bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash.

6. Bankning 2022-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti, buxgalterlik balansi, foyda va zararlar hisobini tasdiqlash.

7. Bankning o‘tgan yillarning taqsimlanmagan (jamg‘arilgan) foydasini, shu jumladan bankning 2022-yil yakunlari bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash tartibini tasdiqlash.

8. Bankda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

9. Bankning 2023-yil uchun tashqi auditorini tasdiqlash va unga to‘lanadigan xizmat haqining eng ko‘p miqdorini belgilash.

10. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash.

11. Yangi tahrirdagi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Nizom”ni tasdiqlash.

12. Yangi tahrirdagi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi to‘g‘risidagi Nizom”ni tasdiqlash.

13. Yangi tahrirdagi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizom”ni tasdiqlash.

14. Yangi tahrirdagi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashi va uning qo‘mitalari, Kuzatuv kengashi Raisi va a’zolari faoliyatini baholash qoidalari”ni tasdiqlash.

15. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining Korporativ boshqaruv Kodeksi”ni bekor qilish.

16. “Turonbank” ATB boshqaruv faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI)  tasdiqlash.

17. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

18. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan bankning affillangan shaxslari bilan kelgusida bankning kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar hamda yirik bitimlar ro‘yhatini aniqlash va ularning amalga oshirilishini ma’qullash.

19. Bank balansidan tashqari hisobraqamiga olingan aktivlarni hisobdan chiqarish.

20. Bank Boshqaruvi Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddatini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqish.

Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reyestri 2023-yil “2” iyun holatiga, umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri 2023-yil “20” iyun holatiga tuziladi.

Bank Kengashi aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat,  aksiyadorlarning vakillaridan esa shaxsni tasdiqlovchi hujjat va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan yig‘ilishga kelishlarini so‘raydi.

Bank aksiyadorlari va ular nomidan vakillar 2023-yil “26” iyun kuni soat 10:00 dan boshlab yuqorida ko‘rsatilgan manzilda ro‘yxatga olinadi.

Yig‘ilishni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot hamda unda ko‘riladigan hujjatlar bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin: elektron manzil: www.turonbank.uz, “Turonbank” ATB Bosh ofisi (Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 4a uy) hamda bankning barcha filiallari,

Тelefonlar: +99895 144-60-00; 202-01-01; 202-70-70.

«Turonbank» АTB Kengashi