“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi

2022-yil “15” noyabr kuni soat 1100 da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4a uy manzilida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi

KUN TARTIBI:

1. Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Turonbank” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.

3. “Turonbank” ATB aksiyadorlarining 2022-yil 19-apreldagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarning aktivlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 266-sonli Qaroriga asosan “Turonbank” ATB ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risidagi AS-1/4-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

4. “Turonbank” ATB aksiyadorlarining 2022-yil 19-apreldagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining AS-1/5-sonli qarorini bekor qilish to‘g‘risida.

5. “Turonbank” ATB Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.

6. “Turonbank” ATB ustav kapitalining kamaytirilishi munosabati bilan 2021-yil 14-sentyabr kuni R0496-26-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Turonbank” ATB qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi Qaroriga o‘zgartirish kiritish hamda “«Turonbank” ATB qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi Qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar”ni tasdiqlash to‘g‘risida.

7. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining “Turonbank” ATB Kengashi to‘g‘risidagi Nizomi”ga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni tasdiqlash.

8. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining “Turonbank” ATB Boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomi”ga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni tasdiqlash.

9. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reyestri 2022-yil “24” oktyabr holatiga, umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri 2022-yil “9” noyabr holatiga tuziladi.

Bank Kengashi aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat,  aksiyadorlarning vakillaridan esa shaxsni tasdiqlovchi hujjat va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan yig‘ilishga kelishlarini so‘raydi.

Bank aksiyadorlari va ular nomidan vakillar 2022-yil “15” noyabr kuni soat 10:00 dan boshlab yuqorida ko‘rsatilgan manzilda ro‘yxatga olinadi.

Yig‘ilishni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot hamda unda ko‘riladigan hujjatlar bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin: elektron manzil: www.turonbank.uz, “Turonbank” ATB Bosh ofisi (Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 4a uy) hamda bankning barcha filiallari, Telefonlar: +99895 144-60-00; 202-01-01; 202-70-70.