“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi bank aksiyadorlarining navbatdagi yillik hisobot umumiy yig‘ilishi 2022-yil “29” iyun kuni soat 1100 da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4a uy manzilida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi

KUN TARTIBI:

1.     Bank aksiyadorlarining navbatdagi yillik hisobot umumiy yig‘ilishining sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2.     “Turonbank” ATB aksiyadorlarining navbatdagi yillik hisobot umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.

3.     Bankning 2021 moliyaviy yildagi faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobotini hamda 2022-yilda bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida bank Boshqaruvining hisobotini tasdiqlash.

4.     Bankning 2021-yildagi faoliyati yakunlari bo‘yicha tashqi audit xulosasini ko‘rib chiqish.

5.     2021-yil yakunlari bo‘yicha bank Taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.

6.     Bank Kengashining 2021-yildagi faoliyati bo‘yicha hisobotini hamda bankning rivojlanish strategiyasiga erishishi bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash.

7.     Bankning 2021-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti, buxgalterlik balansi, foyda va zararlar hisobini tasdiqlash.

8.     Bankning 2021-yil yakunlari bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash tartibini tasdiqlash.

9.     Bankda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

10. Bankning 2022-yil uchun tashqi auditorini tasdiqlash va unga to‘lanadigan xizmat haqining eng ko‘p miqdorini belgilash.

11. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi taxrirdagi Ustavini tasdiqlash.

12. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan bankning affillangan shaxslari bilan kelgusida bankning kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar hamda yirik bitimlar ro‘yhatini aniqlash va ularning amalga oshirilishini ma’qullash.

13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 16-iyuldagi 02/36/1454-sonli xatiga hamda bank Kengashining 2022-yil 22-apreldagi K-34/1-sonli qaroriga asosan Bank Kuzatuv Kengashi a’zolarining javobgarligini sug‘urtalash (D&O Insurance).

14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 6-iyundagi 02/29-36/943-sonli xatiga asosan bank taftish komissiyasi faoliyatini tugatish.

15. Bank Kengashi a’zolarini saylash.

16. Bank Boshqaruvi Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddatini uzaytirish.

Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reyestri 2022-yil “07” iyun holatiga, umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri 2022-yil “23” iyun holatiga tuziladi.

Bank Kengashi aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlarning vakillaridan esa shaxsni tasdiqlovchi hujjat va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan yig‘ilishga kelishlarini so‘raydi.

Bank aksiyadorlari va ular nomidan vakillar 2022-yil “29” iyun kuni soat 1000 dan boshlab yuqorida ko‘rsatilgan manzilda ro‘yxatga olinadi.

Yig‘ilishni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot hamda unda ko‘riladigan hujjatlar bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin: elektron manzil: www.turonbank.uz, “Turonbank” ATB Bosh ofisi (Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 4a uy) hamda bankning barcha filiallari, Telefonlar: +99895 144-60-00; 202-01-01; 202-70-70. 

«Turonbank» АTB Kengashi