«Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2021-yil “11” dekabr kuni soat 11:00da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4a-uy manzilida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

KUN TARTIBI:

1. Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Turonbank” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.

3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021-yil 1-noyabrdagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida bankning taqsimlanmagan foydasini taqsimlash to‘g‘risida.

4. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

5. Bank balansidan tashqari hisobraqamiga olingan aktivlarni hisobdan chiqarish.

6. “«Turonbank” ATB Kuzatuv Kengashi va qo‘mitalari, Kengash Raisi va a’zolari faoliyatini baholash Tartibi”ni tasdiqlash.

7. “«Turonbank” ATB Kuzatuv Kengashi a’zolarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.

8. “«Turonbank” ATB Boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizom”ga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash.

Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reyestri 2021-yil “19” noyabr holatiga, umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri 2021-yil “6” dekabr holatiga tuziladi. Bank Kengashi aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlarning vakillaridan esa shaxsni tasdiqlovchi hujjat va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan yig‘ilishga kelishlarini so‘raydi. Bank aksiyadorlari va ular nomidan vakillar 2021-yil “11” dekabr kuni soat 1000 dan boshlab yuqorida ko‘rsatilgan manzilda ro‘yxatga olinadi.

Yig‘ilishni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot hamda unda ko‘riladigan hujjatlar bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin: elektron manzil: www.turonbank.uz, “Turonbank” ATB Bosh ofisi (Toshkent shahri,Abay ko‘chasi, 4a-uy) hamda bankning barcha filiallari,Telefonlar: +99895 144 – 60 – 00; 71 – 202 – 01 – 01; 71 – 202 – 70 – 70.

«Тuronbank» АTB Kengashi