“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2021-yil “10” aprel kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4a-uy manzilida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi

KUN TARTIBI 

1.Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Turonbank” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.

3. Imtiyozli aksiyalarga dividend to‘lash to‘g‘risida.

4. Bankning xayriya (homiylik) yoki bepul yordam ko‘rsatilishi chegarasini belgilash, shu jumladan, Kuzatuv kengashiga, xayriya (homiylik) yoki bepul yordam ko‘rsatish tartibi va shartlarini belgilash hamda bu borada qaror qabul qilish vakolatini berish.

5. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reyestri 2021-yil “19” mart holatiga, umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri 2021-yil “6” aprel holatiga tuziladi.

Bank Kengashi aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlarning vakillaridan esa shaxsni tasdiqlovchi hujjat va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan yig‘ilishga kelishlarini so‘raydi.

Bank aksiyadorlari va ular nomidan vakillar 2021-yil “10” aprel kuni soat 1000 dan boshlab yuqorida ko‘rsatilgan manzilda ro‘yxatga olinadi.

Yig‘ilishni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot hamda unda ko‘riladigan hujjatlar bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin: elektron manzil: www.turonbank.uz, “Turonbank” ATB Bosh ofisi (Toshkent shahri,Abay ko‘chasi, 4a-uy) hamda bankning barcha filiallari,Telefonlar: +99895 144 – 60 – 00; 71 – 202 – 01 – 01; 71 – 202 – 70 – 70. 

«Turonbank» АTB Kengashi