Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2022 yil “28” may kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay koʻchasi, 4a uy manzilida boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi

KUN TARTIBI:

1. Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Turonbank” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishining reglamentini tasdiqlash.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2022-yil 18-martdagi 02/29-36/615-sonli xatiga asosan Bank Kengashi aʼzolarini saylash.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2022-yil 18-martdagi 02/29-36/615-sonli xatiga asosan Bank Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Turonbank” ATB boshqaruv faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlash.

6. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining Ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni tasdiqlash.

7. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining “Turonbank” ATB Boshqaruvi toʻgʻrisidagi Nizomi»ga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni tasdiqlash.

Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar berish uchun aksiyadorlar reestri 2022-yil “5” may holatiga, umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reestri 2022-yil “24” may holatiga tuziladi.

Bank Kengashi aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat,  aksiyadorlarning vakillaridan esa shaxsni tasdiqlovchi hujjat va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan yigʻilishga kelishlarini soʻraydi.

Bank aksiyadorlari va ular nomidan vakillar 2022-yil “28” may kuni soat 1000 dan boshlab yuqorida koʻrsatilgan manzilda roʻyxatga olinadi.

Yigʻilishni oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha axborot hamda unda koʻriladigan hujjatlar bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin: elektron manzil: www.turonbank.uz, “Turonbank” ATB Bosh ofisi (Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 4a uy) hamda bankning barcha filiallari,
Telefonlar: +99895 144-60-00; 202-01-01; 202-70-70.