Fevral oyida buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kunlari munosabati bilan turli tadbirlar va adabiy kechalar o‘tkazilishi hech kimga sir emas. “Turonbank” ATBda o‘tkazilgan navbatdagi Ma’naviyat soati ham buyuk adabiyot sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning bosib o‘tgan hayot yo‘li hamda ijodiga bag‘ishlandi. Mumtoz adabiyotimiz tarixidagi ikki buyuk siymo ijodini o‘rganish orqali chinakam inson hayoti qanday bo‘lishi kerakligi haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin.

Ma’naviyat soatida Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori o‘rinbosari, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Otabek Jo‘raboyev hamda muzeyi ilmiy xodimi Abdurasul Eshonboboyev ishtirok etdi. Tadbir davomida Bobur ijodiy merosining olamshumulligi hamda Alisher Navoiyning ijodi, g‘azallariyu dostonlari hamda ularda so‘z yuritilgan mavzular borasida suhbat qurildi.

1.jpg
9.jpg
11 (2).jpg
7.jpg