21 otkyabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Turonbank” ATB Toshkent shahar bank xizmatlari markazida Ma’naviyat soati tashkil etildi. 

  Ona tili – millatning ruhi, davlat timsoli va mulkidir. Uni asrash va rivojlantirish millatni yana-da yuksalishiga xizmat qiluvchi asosiy omil. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Tadbirga taklif etilgan xalqimizning sevimli shoirlaridan biri Mirzo Karim ham ona tilimiz bo‘lgan O‘zbek tili, uni yana-da yuksaltirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Shoir, bank xodimlari uchun o‘z qalamiga mansub bir qator she’rlaridan namunalar keltirdi. 

   Ma’naviyat soati davomida Ustoz otadek ulug‘ mavzusi haqida ham so‘z yuritildi. Xalqaro Islom akademiyasi katta o‘qituvchisi Ra’no O‘razova hamda Respublika Manaviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘linmasi rahbari Nilufar Abdullayeva o‘z ma’ruzalari bilan tadbirda ishtirok etdi. Qiziqarli suhbat tarzida tashkil etilgan tadbirda bank xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

DSC00400.JPG
DSC00372.JPG
DSC00467.JPG
DSC00356.JPG
DSC00382.JPG
DSC00481.JPG
DSC00411 (2).JPG