“Turonbank” ATBning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi “Yaxshi” deya baholandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reytingi natijalari e’lon qilindi. Mazkur reytingda bu yil 90dan ortiq davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilgani baholandi. Baholash natijalariga ko‘ra, "Turonbank" ATB 82 ballni qo‘lga kiritdi hamda bu boradagi faoliyatida o‘sishni qayd etdi.

Agentlikning ma’lum qilishicha “Turonbank” ATB faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan choralar tizimli ravishda amalga oshirilgan. Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, natijalariga asosan manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular samarali amalga oshirib kelingan. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, monitoring va nazorat tadbirlarini amalga oshirish, turli tanlovlar jarayonida korrupsiya omilini istisno qilish, xodimlar va aholini korrupsiyaga qarshi murosasiz ruhda tarbiyalashga oid tizimli choralar ko‘rilgan.

photo_2024-03-28_17-55-54.jpg