“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi 5000 nafarga yaqin talaba yoshlarni qamrab oldi. Yarmarka davomida talabalar Turonbank faoliyati, u yerda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqishdi. Oʻz navbatida Turonbank xodimlari bankda amalga oshirilayotgan ishlar, bank rahbariyati tomonidan xodimlar uchun yaratilgan shart-saharoitlar va iqtidorli yosh xodimlarning har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi haqida batafsil ma’lumotlarni yetkazishdi.

Дизайн без названия (82).jpg
Дизайн без названия (89).jpg
Qayd etish lozimki, “Turonbank” ATB Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Malakali kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish maqsadida universitet binosida eksperimental baza sifatida Turonbank tomonidan “Smart oʻquv xona” tashkil etilgan. U yerda bankning yetuk mutaxassislari tomonidan ochiq darslar oʻtkaziladi.

Shu bilan birga, Turonbank tomonidan yoʻlga qoʻyilgan eksklyuziv “Turonbank stipendiyasi” loyihasi ishtirokchilari orasida ham TDIUning talabalari bor.

Karyera kuni doirasida “Turonbank stipendiyasi”ning navbatdagi sohiblari boʻlgan Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining bir guruh talabalariga maxsus sertifikatlarni topshirish marosimi ham oʻtkazildi. Endi ushbu talabalar ta’lim yakuniga qadar qoʻshimcha stipendiya olib, o‘qishning 3-bosqichidan bankda amaliyot o‘tashadi va bitirgandan so‘ng ish bilan taʼminlanadi.

Дизайн без названия (98).jpg
Mehnat yarmarkasi davomida shuningdek talaba yoshlar uchun viktorina ham tashkil etildi va unda faol ishtirok etigan yoshlar Turonbank tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Дизайн без названия (83).jpg
Дизайн без названия (91).jpg
Дизайн без названия (86).jpg
Дизайн без названия (92).jpg
Дизайн без названия (93).jpg
Дизайн без названия (94).jpg
Дизайн без названия (95).jpg
Дизайн без названия (96).jpg
Дизайн без названия (97).jpg
Дизайн без названия (84).jpg
Дизайн без названия (88).jpg
Дизайн без названия (99).jpg
Дизайн без названия (82).jpg
Дизайн без названия (83).jpg